Quruvchi: KAYAN
Mirador — shahar markaziga yaqin joylashgan zamonaviy turar-joy va biznes majmuasi. Loyiha o'zida me'morchilik yechimlarini, qulaylik va xavfsizlikni mujassam etgan. Manzarali terrasalarga ega xonadonlardan shahar manzarasi ochiladi, yopiq hovli esa sokinlik muhitini yaratadi. Katta shahar ritmida yashash, ishlash va dam olish uchun mos hudud.
Mirador TJM— Toshkent shahri markaziga yaqin joylashgan zamonaviy turar-joy va biznes majmuasi. Loyiha o'zida me'morchilik yechimlarini, qulaylik va xavfsizlikni mujassam etgan. Manzarali terrasalarga ega xonadonlardan shahar manzarasi ochiladi, yopiq hovli esa sokinlik muhitini yaratadi. Katta shahar ritmida yashash, ishlash va dam olish uchun mos hudud.
TJM qurilishida binolarning mustahkamligi va zamonaviy qiyofasini ta'minlaydigan ilg'or texnologiyalardan foydalanilmoqda.
Konstruktiv. Binolar monolit texnologiyasi asosida tiklanmoqda, bu yuqori seysmik chidamlilik va ichki maydonlarni erkin rejalashtirish imkonini beradi.
Muhandislik va liftlar. Har bir binoda 2 tadan shovqinsiz yo'lovchi lifti o'rnatilgan. Xonadonlarda shift balandligi 3 metrni tashkil etadi.
Parking va ta'mir. Aholi uchun keng yer osti avtoturargohi ko'zda tutilgan. Xonadonlar white box holatida topshiriladi, bu esa yakuniy ta'mirlash jarayonini tezlashtiradi.
Ob'ekt faol qurilish bosqichida bo'lib, topshirish 2028-yilning 4-choragidan 2029- yilning 1-choragigacha rejalashtirilgan.
Planirovka va daromad. Maydonlar 26 dan 150 m² gacha bo'lib, manzarali terrasaga ega xonadonlar mavjud. Mirobod tumanidagi nufuzli joylashuv uylarning qiymati va ijara salohiyatini doimiy oshirib boradi.
Xavfsizlik va servis. Yopiq va qo'riqlanadigan hovli, videokuzatuv tizimi, bolalar va sport maydonchalari hamda majmua ichidagi shaxsiy bog' zonasi.