Quruvchi: NRG-BI GROUP
«Zamonaviy Sharq» uslubini o’zida mujassamlashtirgan arxitektura va dizayn «Bonatika Saroyi» turar-joy majmuasi kontseptsiyasining asosini tashkil etadi. Bu yerda Botanika bog'i tabiatining yoqimliligi shahar muhitining jozibadorligi bilan go’zal tarzda uyg’unlashadi. Loyihamiz nafislik va qulaylikni o’zida mujassam qilib, ilg'or xavfsizlik texnologiyalarini taklif etgan xolda, biznes-klass toifasidagi majmuada yashash va ishlash uchun qulay sharoitlar yaratadi.
Yopiq hovli va 24/7 video kuzatuv oilaviy vaqt uchun xavfsiz hudud hisoblanadi. Turar-joy majmuasining bir qismida Yevropada ishlab chiqarilgan ekomateriallardan yopiq bolalar o’yin maydonchasi yaratiladi, bu yerda jajji aholi ob-havoning qanday bo’lishidan qatʼiy nazar oʻynash va dam olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Botanika Saroyi TJM — bu Toshkent shahridagi tajribali NRG-BI developeridan biznes-toifadagi noyob turar-joy majmuasi. Loyiha zamonaviy sharqona uslub va Botanika bog'ining yashil tabiati uyg'unligi asosida yaratilgan.
Binolar sifatli materiallar va 24/7 tizimidagi intellektual xavfsizlik standartlari asosida barpo etilmoqda.
Konstruktiv. 14 dan 16 qavatgacha bo'lgan oltita korpus g'isht-monolit karkas va gazblok devorlardan iborat bo'lib, shift balandligi 3 metrni tashkil etadi.
Muhandislik va liftlar. Har bir blokda ikkita zamonaviy va shovqinsiz premium toifadagi yo'lovchi liftlari aholi uchun xizmat ko'rsatadi.
Parking va ta'mir. Majmuada yer osti va ochiq avtoturargohlar mavjud, xonadonlar bo'lajak egalariga individual ta'mir uchun xom holatda topshiriladi.
Ob'ektni topshirish 2025-yilning 2-choragidan 2026-yilning 4-choragigacha bo'lgan muddatga rejalashtirilgan.
Xavfsizlik va servis. Yopiq qo'riqlanadigan hovli, videokuzatuv, Yevropada ishlab chiqarilgan eko-materiallardan tayyorlangan yopiq bolalar maydonchalari mavjud.